Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyadan O'zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reysi tashkil etildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Buyuk Britaniyadan O'zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reysi tashkil etildi



Buyuk Britaniyadan O'zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reysi tashkil etildi

Koronavirus tarqalishini oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash Maxsus Respublika komissiyasining qarori bilan, Buyuk Britaniyadagi O'zbekiston elchixonasi va "O'zbekiston havo yo'llari" kompaniyasi vakolatxonasi 2020 yil 22 mayda O'zbekiston fuqarolarini Vatanimizga qaytarish uchun maxsus charter reysini tashkil etdi.  

Mehnat, malaka oshirish, ta’lim olish va turizm maqsadida Buyuk Britaniyada, bir qator Evropa mamlakatlari va AQShda bo'lib turgan 230 nafar O'zbekiston fuqarolari 23 may kuni Londonning Xitrou xalqaro aeroportidan HY-3202 reysi bilan Toshkentga xavfsiz va eson-omon yetib kelishdi.

Elchixona o'zbekistonlik fuqarolarning respublikaga qaytish imkoniyatiga ega bo'lishlari uchun ularga vizasiz mamlakatga vaqtincha kirishga ruxsat olish masalasini Buyuk Britaniyaning Immigratsiya idoralari bilan avvaldanoq ishlab chiqqan edi.