Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining Fuqaroligidan Voz Kechish Tartibi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston Respublikasining Fuqaroligidan Voz Kechish Tartibi


O'zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasining konsullik bo’limi  O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi hujjatlarni faqat O'zbekistondan chet elda doimiy yashash uchun chiqib ketgan va mazkur diplomatic vakolatxonada konsullik ro'yxatiga olingan shaxslardan qabul qiladi.

O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

1. O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nomiga ariza.

2. So’rovnoma - arizasi.

3. Tarjimai hol. Namuna.

4. O’zbekiston fuqaroligi pasportining barcha varaqlari, shu jumladan bo'sh sahifalaridan nusxa.

5. Xorijiy davlat fuqaroligi pasportining asosiy-titul varag'idan nusxa.

6. Arizachining (farzandlarining, agar ular ota-onasi bilan birga fuqarolikdan chiqayotgan bo'lsa) 4 dona 3.5x4.5 sm. hajmdagi fotosurati.

7. Tug'ilganlik va nikoh tuzilganlik haqida guvohnomalarning nusxalari. Arizachi bilan birga uning balog’at yoshiga etmagan farzandlari (18 yoshgacha bo'lganlar) O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan bo’lishsa, farzandning tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari taqdim etilishi kerak.

8. O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan ota-onasi bilan birgalikda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan farzandlar chiqayotgan bo'lsa, ularning rozilik arizalari taqdim etishlari lozim.

9. Agar ota va ona O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lsa va ulardan faqat bittasi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan18 yoshgacha bo'lgan farzandi bilan birga fuqarolikdan chiqayotgan taqdirda, fuqarolikdan chiqmayotgan otasi/onasining farzandini O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga nisbatan munosabati ifoda etgan yozma arizasi taqdim etiladi. 

10. Zarur hollarda ajrashish, o'lim, farzand asrab olish, ota-ona huquqlaridan mahrum qilish va hokazolar to'g'risidagi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi.

11. Turmush o‘rtog‘ining pasport nusxasi.

12. O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 101 funt sterling miqdorida konsullik yig'imi undiriladi.

Eslatma:

Yuqorida keltirilgan barcha hujjatlar 2 nusxada, alohida papkalarda topshirilishi kerak.

Barcha xorijiy hujjatlar notarial tasdiqlangan holda va apostil qo'yilgan shaklda bo’lishi lozim.


O'zbekiston vakolatli idoralari tomonidan berilgan hujjatlarning nusxalari konsullik bo'limi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Bunday holatda, arizachi hujjatlarning aslini va nusxalarini taqdim etadi.


Arizani ko'rib chiqayotgan O'zbekiston vakolatli idoralari ushbu ro'yxatda keltirilmagan qo'shimcha hujjatlarni talab qilishlari mumkin.


Fuqarolikdan chiqish jarayoni umumiy ravishda 1 yil va undan ortiq muddatni tashkil etishi mumkin.


O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi bo'yicha hujjatlarni topshirish uchun arizachi konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi lozim.