Buyuk Britaniyada doimiy yashashga ruxsat olish uchun quyidagi hujjatlar to’plamini 3 nusxada topshirish kerak:
1. Konsulxona nomiga yozilgan ariza. Ariza namunasi. Arizada doimiy yashash joyi, qolish sababi, ohirgi ishjoyi va lavozimi aniq manzili, shuningdek O'zbekistonda yashovchi qarindoshlari manzillari va telefon raqamlari, Buyuk Britaniyada qolish sababini ko’rsatish kerak.
2. Avtobiografiya. Namuna;
3. Ariza so'rovnomasi (F-30).
4. Pasportning barcha varaqlaridan nusxalar. Agar 18 yoshgacha farzandlar ushbu doimiy yashash hujjatlar to’plamiga qo’shilayotgan bo’lsa, ularning ham pasporti nusxasini taqdim qilish kerak;
5. Visa nusxasi;
6. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan va O'zbekiston hududida doimiy ro'yxatda turgan ota-onasining, turmush o'rtog'ining notarial tasdiqlangan yo’zma roziligi. O'zbekiston hududida doimiy ro'yxatdan o'tkazilgan turmush o'rtog'ining roziligi, arizachi hozirgi vaqtda ular bilan birga yashamasa ham talab qilinadi. Agar ushbu qarindoshlar Buyuk Britaniya hududida bo’lishsa va shaxsan elcixonaning konsullik bo’limiga kelishsa, ularning roziligi mazkur diplomatik vakolatxona tomonidan tasdiqlanishi mumkin;
7. Tug'ilganlik haqida guvohnomaning nusxasi;
8. Otasi yo’ki onasi bilan doimiy yashash hujjatlar to’plamiga 16 yoshgacha qo’shilayotgan farzandlarining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi. Agar hujjatlar to’plamiga Buyuk Britaniyada tug’ilgan farzandlar qo’shilayotgan bo’lsa, ularning tugilganlik haqida guvohnomasiga (Birth Certificate) apostili va tarjima qilingan holda taqdim etiladi.
Izoh: Bollarning hujjatlari otasining yo’ki onasining hujjatlariga kiritilgan bulishi kerak, hamda notarial tasdiqlangan turmush urtog’ining roziligiga ham farzandlar kiritilishi lozim.
9. O'zbekistondagi oxirgi yashash joyidan Mudofaa ishlari bo'yicha tuman bo'limining ma'lumoti - 17 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan shaxslar uchun;
10. Fotosuratlar 3 x 4 sm hajimdagi (6 dona);
11. Nikoh guvohnomasining nusxalari yo’ki ajrim haqidagi hujjat;
12. Turmush o’rtog’ining pasporti nusxasi;
13. Mehnat daftarchasining nusxasi, agar mavjud bo'lsa;
14. Pasportning asl nusxasi vа vizaning asl nusxasini olib kelish shart.
Ushbu hujjatlardan tashqari konsulhona qo’shimcha jujjatlarni talab qilishga haqli.
Buyuk Britaniyada doimiy yashashga qolish hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 126 funt sterling miqdorida konsullik yig'imi talab qilinadi.