O'zbekiston Respublikasi hududida turli faoliyatlarni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasining konsullik bo’limi tomonidan jismoniy shaxslarning ishonchnomalari notarial tasdiqlanadi.
Ishonchnoma faqat konsulning huzurida imzolanadi.
Ishonchnoma O'zbekistonda ko'chmas mulkka egalik (uy, kvartira va boshqalar) huquqini boshqa bir shaxga o’tkazish uchun taqdim etilayotgan bo'lsa, arizachi mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasini taqdim qilishi lozim.
Ishonchnoma o'zbek (rus) tillarda tayorlanadi. Ishonchnona arizachining pasporti asosida shaxsi aniqlangandan so’ng tasdiqlanadi
Mulk egalik qilish huquqi bilan boshqa shaxsga tegishli bo'lsa, bu shaxslarning rozilik arizasi taqdim etiladi va konsul tomonidan tasdiqlanadi.
Transport vositasini boshqarish yoki sotish bo’yicha ishonchnomalarni rasmiylashtirish uchun mazkur transport guvohnomasining nusxasini talab qilinadi.