Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasidan Hujjatlarni So`rab Olish - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O‘zbekiston Respublikasidan Hujjatlarni So`rab Olish


O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so`rab olish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy fuqarolar bevosita O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga ham, shuningdek O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga ham murojaat etishlari mumkin.

Elchixona Konsullik bo'limi orqali hujjatlarni so'rab olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

    1. Belgilangan shakldagi maxsus anketa ikki nusxada (savollarga javoblar to`liq va aniq bo`lishi kerak).

    2. Arizachining 2 dona pasport nusxasi.

Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy biletlarning asl nusxalarini so‘rab olish, jo‘natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo`l qo`yilmaydi.

Agar nikoh bekor qilingan bo`lsa, nikohdan o`tganlik to`g`risidagi guvohnomani, shuningdek vafot etgan shaxsning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasini qaytadan so`rab olinishi mumkin emas. Voyaga yetmagan shaxslarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so`rab olinishi mumkin. Vafot etganlik to`g`risidagi guvohnomalar vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlar uchun so`rab olinishi mumkin.

Siz soragan xujjatlar O'zbekiston Respublikasi arxiv muassasalarida topilmagan taqdirda, bo haqida sizga xabar beriladi. Bunday holatda konsullik to’lovlar qaytarib berilmaydi.