19/Iyul/2021 Vatandoshlarimiz
TOSHKENT, 19-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida “Yurtdoshlar” (http://yurtdoshlar.uz/) sayti ishga tushirildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Saytning asosiy maqsadi – xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning madaniy va til o‘zligini, ularning milliy anʼana va qadriyatlar bilan uzviyligini saqlab qolish.
Sayt quyidagi ruknlardan iborat:
- “O‘zbekiston” (mamlakat haqida muhim maʼlumotlar)
- “O‘zbek tili” (o‘zbek tili o‘rganuvchilar uchun dasturlar, darsliklar)
- “Men o‘zbekman” (xorijda muvaffaqiyatga erishgan mashhur vatandoshlar to‘g‘risida maʼlumotlar),
- “O‘zbek media” (milliy kino, multfilm, audio mahsulotlar)
- “Interaktiv xizmatlar” hamda “Yangiliklar”.
Yangi sayt joriy yilning iyun oyidan test rejimida ishlay boshladi.