Maxsus respublika komissiyasining qaroriga binoan, mamlakatda epidemiologik vaziyatning yanada yomonlashuvining oldini olish maqsadida 2020-yil 30-martdan 20-aprelgacha O‘zbekistondagi barcha aeroportlar faoliyati va xorijiy davlatlar bilan havo aloqasi butunlay to‘xtatildi.
Shu munosabat bilan ushbu muddatda Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga charter reysini amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.
Shu bilan birga, Elchixona O‘zbekistonga qaytishni istagan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish bo’yicha ishlarni davom ettirmoqda. Parvozlarni tashkil qilish imkoniyati tug’ilsa, qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.
Buyuk Britaniyada bo’lib turgan O‘zbekiston fuqarolari koronavirus bilan kasallanishning oldini olish uchun o‘ta zarurat bo‘lmaganda vaqtinchalik yashash joylaridan chiqmaslik, xavfsizlik choralariga va Buyuk Britaniya hukumati tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga, jumladan ijtimoiy masofa saqlash bo’yicha talablarga rioya qilishlari lozim.
Avval xabar qilinganidek, Buyuk Britaniyaning vizasi muddati tugayotgan fuqarolar immigratsiya xizmatiga 0800 678 1767 raqami orqali murojaat qilish yoki CIH@homeoffice.gov.uk elektron pochta manziliga xabar yuborish orqali viza muddatini 2020-yil 31-maygacha uzaytirishi mumkin.
Elchixona vatandoshlarni, ayniqsa talabalarni bir-birlariga o‘zaro yordam va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishga, muhim va foydali ma’lumotlarni, jumladan ijtimoiy-maishiy muammolarni hal qilish bo’yicha maslahatlarni baham ko’rish hamda yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi.
Mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi ayni paytda Buyuk Britaniyada bo‘lgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish va bunda o‘zbek diasporasi vakillarini ham jalb qilish bilan shug‘ullanmoqda. Agar siz shu kabi vaziyatga tushib qolsangiz, Operativ shtabga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Sultanbek Imamov, konsul, +44 (0) 7920443049
Aliyor Tilavov, maslahatchi, +44 (0) 7741892812
Ravshan Duschanov, 2-kotib, +44 (0) 7825221946
Shoxruz Samadov, attashe, +44 (0) 7780687935
Veb-sayt: http://uzembassy.uk/
Elektron pochta: info@uzembassy.uk, consul@uzembassy.uk
Facebookdagi sahifa: https://www.facebook.com/uzemb.lon.3
Abduxakim Maxmudov, “Uzbekistan Airways” AJning London shahridagi vakili:
Tel.: +44 (0) 207 0342090, +44 (0)7783644945
Veb-sayt: https://www.uzairways.com/uz
Elektron pochta: london@uzairways.co.uk