Yevropa ittifoqining rasman bildirishicha, Buyuk Britaniyaning YI tarkibidan chiqishi munosabati bilan Yevroittifoq qonunchiligi hamda uchinchi davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar Buyuk Britaniyaga nisbatan o‘tish davri mobaynida (2020-yilning 1-fevralidan 31-dekabrigacha) avvalgidek kuchda qoladi.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston o‘tish davri yakunlanguncha Buyuk Britaniyani O‘zbekiston Respublikasi va Yevroittifoq o‘rtasida imzolangan barcha xalqaro shartnomalarni, jumladan 1996-yil 21-iyundagi Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bajarish nuqtayi nazaridan YIning a’zo davlati sifatida biladi.