Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Saylovoldi tashviqotlariga start berildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Saylovoldi tashviqotlariga start berildi



2019-yil 18-noyabrdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha siyosiy partiyalarning va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi.

Eslatib oʻtamiz, Saylov kodeksining 44-moddasiga muvofiq, saylovoldi tashviqoti nomzodlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.