Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 16-noyabr kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Sooronbay Jeenbekovni tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.

Qirgʻiziston Prezidenti mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston amaliy hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.

O'zA