
Dunyoning tinchlik darajasini baholovchi yetakchi xalqaro ko‘rsatkich –Global Tinchlik Indeksining (Global Peace Index) yaqinda e’lon qilingan 2026-yilgi sonida O‘zbekiston tinchlik holati bo‘yicha “yuqori” bahoga sazovor bo‘lib, Buyuk Britaniya, Italiya hamda Shvetsiya kabi davlatlar qatoridan joy oldi. Mamlakatimiz o‘z pozitsiyasini 10 pog‘onaga yaxshilab, Markaziy Osiyodagi eng tinch, shuningdek, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ikkinchi eng tinch davlatga aylandi. Ushbu yutuq O‘zbekistonning turizm uchun dunyodagi eng xavfsiz yo‘nalishlardan biri sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi (batafsil: https://gpi.economicsandpeace.org/).