Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
2026-yilning 10-12-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Taʼlim va taʼlim texnologiyalari – TaʼlimExpo/ISUE” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

2026-yilning 10-12-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Taʼlim va taʼlim texnologiyalari – TaʼlimExpo/ISUE” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi



2026-yilning 10-12-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Taʼlim va taʼlim texnologiyalari – TaʼlimExpo/ISUE” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.   

 “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan taʼlim tizimida keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimizda amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼlim mamlakatni modernizatsiya qilish, yoshlarni XXI asr muammolariga tayyorlash poydevori ekanligini qayta-qayta taʼkidladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yangi taʼlim standartlari faol tatbiq etilmoqda, zamonaviy maktab va oliy o‘quv yurtlari barpo etilmoqda, raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni tayyorlash dasturlari amalga oshirilmoqda. 2026-yilning “Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish yili” deb eʼlon qilinishi ramziy qadam bo‘ldi.

Ushbu o‘zgarishlar fonida 2026-yilning 10-12-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Taʼlim va taʼlim texnologiyalari – TaʼlimExpo/ISUE” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda taʼlim muassasalari, “EdTech”  kompaniyalari, davlat va xalqaro tashkilotlar, biznes hamjamiyati, akademik doiralar va ekspertlar inson kapitalini rivojlantirishning strategik yo‘llarini – maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimidan tortib, tez o‘zgarib borayotgan mehnat bozorida mutaxassislarni kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirishgacha bo‘lgan strategik yo‘llarni muhokama qilish uchun yig‘ilishadi.

 Uzluksiz taʼlim, o‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, “soft” va “digital skills”ni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlashda davlat va biznes hamkorligi yechimlarini izlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

 “TaʼlimExpo/ISUE” barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakat raqobatbardoshligini oshirish maqsadlariga mos keladigan taʼlim sohasini rivojlantirish uchun ilg‘or taʼlim yechimlarini namoyish etish va yangi yondashuvlarni rag‘batlantirish uchun yillik platformaga aylanadi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “Songresses of Sentral Asia – SSA” hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining taʼlim tizimini isloh qilish borasidagi tashabbuslaridan ruhlangan tarzda ular o‘zlarining uchinchi taʼlim ko‘rgazmasini qayta tiklamoqda. Mazkur tadbir kompaniyaning iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning strategik muhim yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalari portfelini kengaytirmoqda.

“Dunyo” AA