Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Dunyoning eng yirik sug'urta tashkiloti O'zbekiston sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga ko'maklashadi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Dunyoning eng yirik sug'urta tashkiloti O'zbekiston sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga ko'maklashadi



LONDON, 12-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov "Lloyd's of London" sug'urta tashkiloti raisi Bryus Karnegi-Braun bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Uchrashuvda O'zbekiston sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilish yo'nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

 

Bryus Karnegi-Braun O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar, shu jumladan, sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, xorijiy investorlar va sheriklar ishonchini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo'nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

 

Muzokaralar yakunida "Lloyd's of London" bilan O'zbekiston sug'urta bozori yana-da rivojlantirish va uni global sug'urta bozorida integratsiyasi qilish, mamlakatimiz mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 

"Lloyd's of London" sug'urta tashkiloti 1688-yilda tashkil etilgan. U dunyodagi eng mashhur va yirik tijorat sug'urtasi va qayta sug'urtalash bozori hisoblanadi. Tashkilotda har kuni 50 dan ortiq yetakchi sug'urta kompaniyalari, 380 dan ortiq rasman ro'yxatga olingan brokerlar va 4 mingdan ziyod mahalliy agentlar faoliyat yuritadi hamda turli sug'urta shartnomalari tuziladi.