Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston banklari va kompaniyalari vakillari Britaniyada tashkil etilgan treninglarni muvaffaqiyatli yakunladilar - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston banklari va kompaniyalari vakillari Britaniyada tashkil etilgan treninglarni muvaffaqiyatli yakunladilar



LONDON, 3-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Britaniyaning "MBF Academy" tashkiloti bilan birgalikda mamlakatimiz tijorat banklari va kompaniyalari rahbarlari hamda xodimlari uchun o'quv treninglari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Terininglarda "Turonbank", "Aloqabank", "Mikrokreditbank", "OFB", "Octobank", "Uzbekistan Airports" va "Uzbekneftegaz" kompaniyalarining rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

 

O'quvlar davomida Britaniyaning iqtisodiyot, risklarni boshqarish, raqamlashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan ishlash, xorijiy mablag'larni jalb qilish hamda bondlar (yevrobondlar) chiqarish bo'yicha bilim va tajribasi o'rganildi.

 

Treninglar yakunida O'zbekiston elchixonasida uning bitiruvchilari bo'lgan yurtdoshlarimizga sertifikatlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda elchi Ravshan Usmanov, "MBF Academy" muassasasi rahbari va Bornmut universiteti professori Xurshid Jalilov va boshqalar qatnashdi. Sertifikatlar tinglovchilarga tantanali tarzda topshirildi.

 

"MBF Academy" tashkiloti Britaniyada ta'sis etilgan. U tadqiqot va kasbiy amaliyotni rivojlantirish maqsadida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari va ixtisoslashtirilgan o'quv dasturlari kabi tadbirlarni uyushtiradi. Mazkur tashkilot hozirgi kunga qadar O'zbekiston vakillari uchun Britaniyada oflayn shaklda 8 ta o'quv dasturlarini tashkil qilgan.