Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londondagi nufuzli xalqaro sayyohlik yarmarkasida o'zbek milliy taomlarini tayyorlash bo'yicha mahorat darsi o'tkazildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Londondagi nufuzli xalqaro sayyohlik yarmarkasida o'zbek milliy taomlarini tayyorlash bo'yicha mahorat darsi o'tkazildi



LONDON, 28-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Buyuk Britaniyadagi "Muslim Travel Show" xalqaro sayyohlik yarmarkasida mamlakatimiz stendi tashkil qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Mamlakatimizning turizm salohiyatini xalqaro miqyosda keng targ'ib qilish va yurtimizga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida tashkil etilgan bo'lim Buyuk Britaniyaning "The Travel Experts" va "Halal Travel Guide" turistik kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirildi.

 

Ikki kun davom etgan yarmarka mehmonlariga O'zbekistonning turistik salohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa sayyohlik yo'nalishlari bo'yicha eksklyuziv takliflar, halol va ziyorat turizmi imkoniyatlari, mehmonxonalar va xizmatlar, shuningdek, O'zbekistonga viza olish tartibi hamda aviaqatnov imkoniyatlari to'g'risida so'zlab berildi.

 

Bundan tashqari, tadbir doirasida hamyurtimiz – instagram ijtimoiy tarmog'ida 2 millionga yaqin kuzatuvchiga ega mashhur oshpaz #bestshefkamol tomonidan mehmonlar uchun O'zbekiston milliy taomlarini tayyorlash bo'yicha master-klass o'tkazildi.

 

Mazkur interaktiv tajriba o'zbek milliy oshxonasining betakror taomlarini namoyon etish bilan birga O'zbekiston gastronomik turizmini targ'ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.