Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Toshkentda britaniyalik ekspertlar ishtirokida O'zbekistonda huquqiy sohada olib borilayotgan islohotlarga bag'ishlangan anjuman o'tkaziladi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Toshkentda britaniyalik ekspertlar ishtirokida O'zbekistonda huquqiy sohada olib borilayotgan islohotlarga bag'ishlangan anjuman o'tkaziladi



LONDON, 23-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya huquqshunoslari assotsiatsiyasining ("Law Society") xalqaro siyosat masalalari bo'yicha maslahatchisi Debra Long bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Suhbat avvalida Debra Long 2024-yilning 15-19-aprel kunlari "Law Society" vakillarining O'zbekistonga tashkil etilgan safari uchun minnatdorlik bildirib, so'ngi yillarda yurtimizda huquqiy sohada olib borilayotgan islohotlar va o'zgarishlarni yuqori baholadi.

 

Ma'lum qilinishicha, "Law Society" Britaniya Adliya vazirligi bilan hamkorlikda O'zbekistonda huquqiy sohani yanada takomillashtirish va ushbu yo'nalishdagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning mart oyida Toshkentda yuristlar malakasini oshirish mavzusida davra suhbatini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

 

Unda O'zbekiston Adliya vazirligi, Ombudsman, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda xalqaro tashkilotlar va Britaniya elchixonasi rahbariyati va vakillari ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

 

Tomonlar ushbu tadbirni yuqori darajada tashkil etish maqsadida mart oyida "Law Society" delegatsiyasining Toshkentga safarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishdilar.

 

"Law Society" tashkiloti 1825-yilda tashkil etil. U Angliya va Uelsda 200 mingdan ortiq advokatlarni birlashtiradi.