Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda 3 mingga yaqin saralangan o'zbekistonlik nomzodlarni Buyuk Britaniyada ish bilan ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Londonda 3 mingga yaqin saralangan o'zbekistonlik nomzodlarni Buyuk Britaniyada ish bilan ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi



LONDON, 10-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan yangi mavsumda Britaniya qishloq xo'jaligi sohasiga o'zbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish maqsadida "Pro-Force Limited" va "HOPS Labour Solutions Ltd" rekruting agentliklari vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muzokaralar natijasida joriy yil fevral oyida "Pro-Force Limited" agentligining Toshkentga tashrifini tashkil etish va 3 mingga yaqin saralangan nomzodlarni boshlab bosqichma-bosqich tarzda Buyuk Britaniyada ish bilan ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

Shuningdek, "HOPS Labour Solutions Ltd" kompaniyasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda 14-15-yanvar kunlari o'zbekistonlik mehnat migrantlarini uchun onlayn tarzda test sinovlarini tashkil etishga kelishib olindi.