Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya kompaniyasi O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasiga beg'araz texnik yordam ko'rsatishga tayyor - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniya kompaniyasi O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasiga beg'araz texnik yordam ko'rsatishga tayyor



LONDON, 3-dekabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Britaniyaning "Curzon Consulting" kompaniyasi vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot chog'ida "Curzon Consulting" vakillari kompaniya faoliyati va O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihaning taqdimotini o'tkazdilar.

 

Xorijiy tomon respublikada sog'liqni saqlash sohasini rivojlantirish uchun beg'araz texnik yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

 

"Curzon Consulting" 2003-yilda tashkil etilgan. U "Financial Times" va "Statista" tomonidan Britaniyaning "TOP-20" konsalting sohasidagi kompaniyalarining ro'yxatiga kiradi. Kompaniya moliya, infratuzilma, muhandislik, sog'liqni saqlash va jamoat sektori sohalarida strategiyalar va innovatsion loyihalarni taklif etadi.