Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyalik mashhur yozuvchining o'zbek miniatyura san’ati haqidagi maqolasi e’lon qilindi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniyalik mashhur yozuvchining o'zbek miniatyura san’ati haqidagi maqolasi e’lon qilindi



LONDON, 27-noyabr. /"Dunyo" AA/. Britaniyalik mashhur yozuvchi va sayyoh Piter Mur o'zining shaxsiy veb-saytida "O'zbekiston miniatyura san’ati ustalari" sarlavhali maqolani joylashtirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

"Markaziy Osiyoda miniatyura san’ati 14 asrda Temuriylar hukmronligi davrida o'zining eng taraqqiy etgan davrini boshdan o'tkazgan", – deb yozgan muallif.

Piter Mur ta’kidlaganidek, mukammal miniatyura asarini yaratish juda murakkab va ko'p vaqt talab qiladigan ishdir. "Miniatyura san’ati rassomdan sabr-toqat, katta mahorat talab qiladi. O'zbek miniatyurachilari ana shunday fazilatlarga ega. Ulardan biri Davron Toshev", – deyilgan maqolada.

Nashrda Davron bugungi kunda o'z asarlarini butun dunyo bo'ylab keng namoyish etayotgani ma’lum qilingan.

O'zbekistonda rassomlarga yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan foydalanib u "Usta Davron" nomli miniatyurachilar maktabiga asos soldi. Maktab yosh ijodkorlarni ushbu murakkab san’at turiga o'rgatish va an’ananing davom etishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Maqola xulosasida, "O'zbekiston o'zining boy madaniy merosi va hunarmandchiligini aks ettiruvchi miniatyura san’ati bilan haqli ravishda mashhur. Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlari bu san’at markazlaridir. O'zbek miniatyurasi tarix, adabiyot va kundalik hayot manzaralarini jonlantiradigan nafislik, nozik detallar va takrorlanmas ranglari bilan ajralib turadi", – deb yozilgan.