Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston transport tizimini rivojlantirish masalalari Britaniya ekspertlari bilan muhokama qilindi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston transport tizimini rivojlantirish masalalari Britaniya ekspertlari bilan muhokama qilindi



LONDON, 17-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi, Transport vazirligi va Londonda joylashgan "Deecon Consulting" kompaniyasi vakillari o'rtasida uch tomonlama onlayn muzokaralar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot davomida respublika transport tizimini rivojlantirish, jumladan O'zbekiston hududida ushbu sohada yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalar ro'yxatini shakllantirish,  loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qo'shma harakatlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash bo'yicha kelishib olindi.