Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
London shahrida Britaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

London shahrida Britaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazildi



LONDON, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan London shahrida Buyuk Britaniyaning ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Unda "Chartered Institute for Securities and Investment", "WOOD&Co.", "Euroyen Group", "Amber Konsult", "Fieldfisher", "Caspian Policy Center" va "Kulturalis" kabi Buyuk Britaniyaning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

 

Britaniya tomoniga O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning huquqiy himoyasini ta'minlash bo'yicha qabul qilingan qonunlar hamda yaqinda respublikada bo'lib o'tadigan parlament saylovlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

 

Tadbir davomida respublikada qayta tiklanadigan energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va ta'lim sohalarida aniq investitsiyaviy loyihalar bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi.

 

 

Ishtirokchilar so'nggi yillarda O'zbekistonda investitsiyaviy muhit sezilarli darajada yaxshilanganligi, xalqaro kompaniyalarning mamlakatimizda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotganini ta'kidladilar. Shu munosabat bilan, ular moliya-bank, ta'lim, atrof-muhitni himoya qilish, yirik davlat kompaniyalarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishga qiziqishini bildirishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar O'zbekiston tadbirkorlari bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik aloqalarni o'rnatishga tayyorliklarini tasdiqladilar.