Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston va Buyuk Britaniya Qirollik bog'lari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik yanada rivojlantiriladi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston va Buyuk Britaniya Qirollik bog'lari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik yanada rivojlantiriladi



LONDON, 13-oktabr. /"Dunyo" AA/. Londonda Britaniyaning "The Royal Parks – Qirollik bog'lari" tashkilotining Bog'lar bo'yicha direktori Darren Share bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot davomida Darren Sher Qirollik bog'lari faoliyati hamda bu yo'nalishda dunyo mamlakatlari tashkilotlari va markazlari bilan hamkorlik masalalari haqida qisqacha so'zlab berdi.

 

Qirollik bog'lari vakillariga O'zbekiston bog'lari bilan ikki tomonlama aloqalarni o'rnatish, shahar bog'larini boshqarish, daraxtlar va o'simliklarni parvarishlash, atrof-muhit himoyasi hamda iqlim o'zgarishi sohalarida malaka oshirish, treninglar va seminarlar tashkil etish, xodimlar almashinuvini yo'lga qo'yish, qo'shma tadqiqot hamda ta'lim loyihalarini ishlab chiqish sohalarida manfaatli hamkorlik masalalarini o'rnatish yuzasidan takliflar bildirildi.

 

Suhbat chog'ida Darren Share O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ta'sis etilgan davlatimiz rahbari huzuridagi Iqlim kengashi va uning faoliyatini alohida e'tirof etdi.

 

Shuningdek, hozirda O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida loyihalashtirilayotgan hamda tez kunlarda o'z faoliyati yo'lga qo'yadigan "Oxygen" bog'i to'g'risida qisqacha ma'lumot bayon qilindi.

 

Qirollik bog'lari tashkiloti rahbari respublikaning tegishli korxonalari bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirildi.

 

Ushbu tashkilot 2017-yilda "Qirollik bog'lari" shaklida qayta tashkil etilgan bo'lib, hozirgi kungacha "Richmond Park" (955 ga), "Bushy Park" (445 ga), "The Regent's Park & Primrose Hill" (166 ga), "Hyde Park" (140 ga), "Kensington Gardens" (107 ga), "Greenwich Park" (74 ga), "The Green Park" (16 ga) kabi yirik loyihalarni amalga oshirgan.