Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston elchisi Portsmut shahri lord meri bilan hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston elchisi Portsmut shahri lord meri bilan hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi



LONDON, 3-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning Hempshir grafligi Portsmut shahri lord meri Jeyson Fazakarli bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Hempshir grafligida joylashgan Portsmut shahri Buyuk Britaniyadagi iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan (o'sish sur'ati – 10,2 foiz) to'rtinchi shahar hisoblanadi. Mahalliy iqtisodiyot asosan savdo, texnologiya, ta'lim va turizm sohalaridan tushayotgan mablag'lar hisobidan shakllanadi.

 

Portsmut dengiz porti sifatida ham katta ahamiyatga ega. U Britaniya va G'arbiy Yevropa davlatlari o'rtasidagi muhim transport va savdo markazi hisoblanadi.

 

Lord mer Jeyson Fazakarli O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlarni, jumladan, iqtisodiyotni liberallashtirish, tashqi savdoni rivojlantirish, hamda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

 

Suhbat davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, mahsulotlar eksporti, yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ta'lim hamda turizm sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirish muhim ekanligi ta'kidlandi.

 

Uchrashuv yakunida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, Portsmut shahri va O'zbekiston viloyatlarida savdo ko'rgazmalari, tomonlarning investitsiyaviy salohiyatlariga bag'ishlangan uchrashuv hamda madaniy tadbirlarni o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.