Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Hempshir grafligi Savdo palatasi O'zbekiston mahsulotlarini Britaniya bozoriga eskportini oshirishga ko'maklashadi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Hempshir grafligi Savdo palatasi O'zbekiston mahsulotlarini Britaniya bozoriga eskportini oshirishga ko'maklashadi



LONDON, 28-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning Hempshir grafligi Savdo palatasi raisi Ross MakNelli bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida sanoat sohalarida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, o'zaro savdo va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish ikki mamlakatda joylashgan maxsus iqtisodiy zonalar va sanoat parklari o'rtasida tajriba almashish maqsadida o'zaro tashriflarni tashkil etish masalalari muhokama etildi.

 

Uchrashuv yakunida O'zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar hamda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini Birmingem bozorlariga eksportini ko'paytirish, tadbirkorlar o'rtasida "B2B" formatida uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, Britaniya kompaniyalarining O'zbekistonga savdo missiyalarini uyushtirishga kelishildi.

 

Hempshir grafligi Savdo palatasi 1875-yilda tashkil etilgan. Palata mintaqadagi kompaniyalarni qo'llab-quvvatlash, rivojlantirish va xalqaro aloqalarni o'rnatishga ko'maklashadi. Hozirda tuzilmaga turli sohalarda faoliyat olib boruvchi 1800 dan ortiq yirik korxonalar a'zo hisoblanadi.