Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida bo'lib o'tgan davra suhbati Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag'ishlandi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida bo'lib o'tgan davra suhbati Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag'ishlandi



LONDON, 1-sentabr. /"Dunyo" AA/. Britaniyaning Hempshir grafligidagi Portsmut universitetida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli chora-tadbirlar va oxirgi yillar davomida respublikaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda erishgan yutuqlari hamda yaqinda bo'lib o'tadigan parlament saylovlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayoni haqida batafsil ma'lumot berildi.

 

Xususan, ushbu saylovlar Konstitutsiyamizda belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda, ya'ni O'zbekiston tarixida ilk bor aralash saylov tizimi, ya'ni majoritar-proporsional tizim asosida o'tkazilishi ta'kidlandi.

 

Portsmut universiteti prorektori Kris Chang o'z nutqida, oxirgi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasida olib borilayotgan keng-ko'lamli o'zgarishlar, yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.

 

Xorijiy tomon, shuningdek, O'zbekistonda Britaniya ta'lim standartlarini joriy etishdan manfaatdorligini va respublika oliy ta'lim muassasalari bilan turli yo'nalishlarda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

 

Portsmut universiteti 1992-yilda tashkil etilgan. Universitet "Times Higher Education Young University Rankings"ga ko'ra, so'nggi 50 yil ichida tashkil etilgan Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi universitetlardan biri sifatida e'tirof etiladi. Hozir kunda universitetda 31 mingdan ortiq talaba tahsil oladi va uning huzurida 80 dan ortiq tadqiqot markazlari faoliyat yuritadi.