Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyaning ta'lim yo'nalishlarida reyting va hamkorlik xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniyasi bilan aloqalar yanada jadallashadi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniyaning ta'lim yo'nalishlarida reyting va hamkorlik xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniyasi bilan aloqalar yanada jadallashadi



LONDON, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari Britaniya ta'lim yo'nalishlarida reyting va hamkorlik xizmatlarini ko'rsatuvchi "Times Higher Education" (THE) tashkilotining xalqaro masalalar bo'yicha direktori Fil Bati bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Fil Bati O'zbekistonda ta'limning barcha sohalari va bosqichlarida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarni va yoshlarning xalqaro standartlarga asoslangan holda sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi. Uning aytishicha, "THE"ning joriy yil uchun e'lon qilgan reytinglarida ilk bor O'zbekistonning uchta universiteti kiritilgan.

 

"Times Higher Education" tashkilotining xalqaro masalalar bo'yicha direktori, shuningdek, "THE" kompaniyasi O'zbekiston va Britaniya o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishga o'z hissasini qo'shishga tayyorligini bildirdi.

 

Tomonlar joriy yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o'tkaziladigan Markaziy Osiyo ta'lim forumida Britaniyadan yuqori darajadagi ishtirokchilarning tashrifini ishlab chiqish xususida fikr almashdilar. "Ushbu forum doirasida bo'lib o'tadigan ta'limning dolzarb masalalariga bag'ishlangan panel muhokamalarida "THE" kompaniyasining nufuzli delegatsiyasi va ma'ruzachilari tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda", – dedi u.