Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning huquq sohasidagi yetakchi tashkilotlari bilan samarali muzokaralar o'tkazdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning huquq sohasidagi yetakchi tashkilotlari bilan samarali muzokaralar o'tkazdi



LONDON, 24-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston adliya vaziri o'rinbosari Sherzod Rabiyev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiya amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar Buyuk Britaniya oliy ta'lim muassasalari, yuridik kompaniyalari va huquq sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

 

O'zbekiston delegatsiyasi vakillari London universitetining hamkorlik masalalari bo'yicha direktori Peter O'Hara hamda transmilliy ta'limni ta'minlashning barqaror kengayishini rejalashtirish va ta'minlashga mas'ul xodimlar bilan uchrashdilar.

 

Muloqot yakunida O'zbekiston Adliya vazirligi, London universiteti va Transmilliy huquq akademiyasi o'rtasida uch tomonlama Anglashuv memorandumi imzolandi. 

 

Tashrif davomida, mamlakatimiz vakillari "Vinson and Elkins" xalqaro yuridik firmasi mutasaddilari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuv natijasida O'zbekiston Adliya vazirligi va "Vinson and Elkins" xalqaro yuridik firmasi o'rtasida o'zaro Hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat birgalikda advokatlar malakasini oshirish, treninglar o'tkazish, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun energetika huquqidan amaliy master klass darslarini tashkil etish va boshqa tadbirlarni uyushtirishni nazarda tutadi.

 

Shuningdek, O'zbekiston tomoni "GSC Solicitors" xalqaro yuridik firmasi rahbarlari bilan muzokara o'tkazdi. Unda Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik firmalar o'rtasida hamkorlik o'rnatish, treninglar va yuristlar uchun maxsus o'quv kurslarini tashkil etishga kelishildi.

 

Bundan tashqari, ingliz huquqini qo'llashga doir loyihalar hamda xorijiy investorlarni jalb etish va ularga huquqiy maslahatlar berish yo'nalishida birgalikda ishlash to'g'risida ahdlashib olindi.