
Mamlakatimiz elchisi Ravshan Usmanov Britaniya-O'zbekiston jamiyati prezidenti Xartli But va tashkilot raisi Roza Verko bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Suhbat davomida Britaniya tomoni O'zbekistonning so'nggi yillarda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishgan yutuqlari hamda ikki mamlakat hamkorligining ustuvor yo'nalishlari, xususan, siyosat, iqtisodiyot, ta'lim va parlamentlararo aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari bilan tanishtirildi.
Tashkilot prezidenti Xartli But Britaniya–O'zbekiston jamiyati faoliyati va shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Uchrashuv chog'ida jamiyat tomonidan 2024-yilga mo'ljallangan madaniyat, ta'lim va iqtisodiy mavzulardagi tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish yuzasidan fikr almashdilar.
Yakunda qo'shma tadbirlar dasturi kelishib olindi.
Britaniya-O'zbekiston jamiyati mustaqil tashkilot bo'lib, u 2002-yil iyulda ikki davlat o'rtasida madaniyat, ta'lim va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida ta'sis etilgan. Jamiyat forumlar va madaniy dasturlarni o'z ichiga olgan tadbirlarni tashkil etadi.