Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Toshkentda Britaniya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Toshkentda Britaniya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi



TIVda hamda O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Afg'oniston bo'yicha tashqi va ko'p tomonlama aloqalar departamenti boshlig'i Nikola Rigini boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muzokaralar chog'ida tomonlar Afg'onistondagi vaziyat bilan bog'liq keng ko'lamli masalalarni muhokama qildilar. Afg'onistonga gumanitar yordam ko'rsatish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklashga ko'maklashish bo'yicha xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

 

Britaniyalik diplomatlarga O'zbekistonning Afg'oniston bo'yicha tashqi siyosatining muhim jihatlari, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

 

Buyuk Britaniya TIV vakillari Toshkent va Londonning Afg'onistonda uzoq muddatli tinchlik o'rnatish bo'yicha umumiy qarashlari va yondashuvlari o'xshash ekanligini ta'kidladilar.

 

Tomonlar afg'on masalalari bo'yicha konstruktiv hamkorlikni davom ettirish va qo'shni mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish bo'yicha xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.