Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston elchisi Parlamentlararo ittifoqdagi Britaniya guruhi vakillari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston elchisi Parlamentlararo ittifoqdagi Britaniya guruhi vakillari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi



O'zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Parlamentlararo ittifoqdagi Britaniya guruhi (BGIPU) vakillari – Buyuk Britaniya parlamenti Mehnat partiyasidan deputatlar Aleks Sobel va Ketrin Uest, shuningdek, Lordlar palatasi a'zolari Godfri Kromvel va Qurbon Husayn bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Britaniya tomoniga Yangi O'zbekistonda jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida, xususan, parlamentarizmni rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida atroflicha ma'lumot berildi.

 

Britaniyalik deputatlar 2023-yil 25-29-sentyabr kunlari Parlamentlararo ittifoqdagi Britaniya guruhi delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi chog'ida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning yuksak dinamikasini o'z ko'zlari bilan ko'rishga muvaffaq bo'lganlarini alohida ta'kidlashdi.

 

Tomonlar parlamentlararo muloqotni faollashtirish istiqbollari haqida ham fikr almashdilar. O'zbekiston-Buyuk Britaniya parlamentlararo muloqotini mustahkamlash va tomonlarni qiziqtirgan sohalarda o'zaro manfaatli qo'shma loyihalarni yana-da amalga oshirishning qo'shimcha mexanizmlarini yaratish muhimligi bildirildi.

 

Uchrashuv yakunda ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni kengaytirish bo'yicha mavjud salohiyatni to'liq ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy qadamlarni jadallashtirish maqsadida aloqalarni davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

 

BGIPU Parlamentlararo ittifoqning ta'sischi a'zosi bo'lib, PI masalalari bo'yicha barcha qarorlarni Britaniya parlamenti nomidan turli a'zo mamlakatlar parlamentlari bilan maslahatlashgan holda qabul qiladi. BGIPU Ijroiya qo'mitasi turli partiyalar va parlamentning ikkala palatasidan 28 nafar deputatdan tashkil topgan.