Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya O'zbekistondan mosh sotib olishga tayyor - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniya O'zbekistondan mosh sotib olishga tayyor



O'zbekiston elchixonasida "AGT Poortman" kompaniyasi bosh konsultanti Jeyms Xalford bilan mosh mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Uchrashuv davomida Jeyms Xalford O'zbekiston agrar sohasida olib borilayotgan islohotlar – innovatsion texnologiyalarni jalb etish natijasida eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni yanada rivojlanayotganini alohida qayd etdi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, "AGT Poortman" kompaniyasi o'tkazgan marketing tadqiqotlari natijasida O'zbekistonda yetishtiriladigan dukkakli mahsulotning sifati Britaniya bozorida raqobatbardosh ekanligi aniqlangan.

 

Suhbat yakunida Jeyms Xalford O'zbekistondan 10 ming tonna mosh eksportini amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Mazkur masalani O'simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi bilan ishlab chiqishga kelishib olindi.