Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyada o'zbekistonlik talabalar uchun agrar sohada stajirovkalar tashkil etiladi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Buyuk Britaniyada o'zbekistonlik talabalar uchun agrar sohada stajirovkalar tashkil etiladi



O'zbekiston elchixonasi tomonidan Britaniyaning "Aston Fruit Farm" fermasi rahbari Charlz Lyuton va "Hops Labour Solutions" mehnat tashkiloti ijrochi direktori Djimmi Devis bilan muzokaralar o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot chog'ida Britaniya tomonga Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o'qituvchilarini xorijiy davlatlarga stajirovka o'tash hamda malaka oshirish uchun yuborish bo'yicha pirovard maqsadlar va kutilayotgan natijalar haqida axborot berildi.

 

Charlz Lyuton tomonidan O'zbekistonda inson resurslarini rivojlantirish va uning salohiyatidan samarali foydalanish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar yuqori baholandi.

 

Britaniya tomoni "Aston Fruit Farm" fermasida o'zbekistonlik talabalar uchun stajirovka o'tashga sharoit borligini hamda Toshkent davlat agrar universiteti va Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti vakillari uchun stajirovkalarni tashkil etishga tayyor ekanligini bildirdi.

 

Mazkur o'quv kurslari natijasida o'zbekistonlik talabalar agrar sohada o'zlarining bilim va ko'nikmalarini oshirish va kelgusida amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.