Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
«London Post»: O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi sheriklik va hamkorlik sifat jihatidan yangi pog'onaga ko'tarildi - Посольство Республики Узбекистан в Соединённом Королевстве Великобритании и Северной Ирландии

«London Post»: O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi sheriklik va hamkorlik sifat jihatidan yangi pog'onaga ko'tarildi



Buyuk Britaniyaning mashhur "London Post" yangiliklar portalida O'zbekiston–Xitoy hamkorligiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Nashrda ta'kidlanishicha, O'zbekiston va Xitoyning xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, global xavfsizlik va taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha pozitsiya va yondashuvlari o'xshash.

 

"Ikki davlat BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, "Markaziy Osiyo-Xitoy" formati va boshqa ko'p tomonlama xalqaro tuzilmalar doirasida ham yaqin aloqalarni mustahkamlagan holda umumiy manfaatlarni himoya qilib, butun dunyoda xavfsizlik va taraqqiyotga erishishga ijobiy hissa qo'shmoqda, - deya qayd etgan Britaniya portali. - Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekiston va Xitoy ShHTni tashkil etishda faol qatnashgan va ikki tomonlarning ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirishda har doim bir-birini qo'llab-quvvatlab kelayapti».

 

Maqolada O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning zamonaviy rivojlanishida ikki davlat rahbarlari o'rtasida o'rnatilgan ishonchli va yaqin do'stona muloqot muhim rol o'ynayotgani alohida urg'ulangan.

 

Shuningdek, Xitoy–O'zbekiston hamkorligining asosiy yo'nalishlaridan biri transport-kommunikatsiya sohasi ekanligi ta'kidlagan. U O'zbekistonning o'zini "dengizga chiqmaydigan mamlakat»dan "quruqlik bilan bog'langan mamlakat»ga aylantirish manfaatlariga, shuningdek, Xitoyning "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi konsepsiyasiga to'liq javob beradi.

 

"Mazkur tashabbus doirasida O'zbekistonda xitoylik hamkorlar ishtirokida mamlakatimiz va butun Markaziy Osiyodagi eng uzun tunnelga ega bo'lgan "Angren–Pop" temir yo'l liniyasi qurildi, - ma'lum qilingan manbada. - «Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston" transport yo'lagi tog'larni kesib o'tuvchi xalqaro arteriyaga aylanib bormoqda. «Markaziy Osiyo – Xitoy» gaz quvurining to'rtta yo'nalishi ham O'zbekiston hududidan o'tib, qo'shni davlatlar o'rtasidagi do'stona munosabatlar uchun namuna bo'lmoqda».

 

Britaniya elektron nashrida qayd etilishicha, ushbu mintaqalarni asrlar davomida bog'lab turgan Buyuk ipak yo'li Sharq va G'arb o'rtasida tinchlik, hamkorlik va ochiqlik ramzi bo'lib, o'zaro savdo, madaniy va ilmiy almashinuvga xizmat qilgan.

 

"Qadim zamonlardan beri mazkur yo'l orqali O'zbekiston va Xitoy o'zaro do'stlik va madaniy aloqalarni davom ettirib kelayapti. Bir so'z bilan aytganda, bugun O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi sheriklik va hamkorlik sifat jihatidan yangi pog'onaga ko'tarildi", - deb yozgan London Post".