Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyada Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo'yicha O'zbekiston milliy komissiyasi faoliyati yuqori baholandi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

Buyuk Britaniyada Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo'yicha O'zbekiston milliy komissiyasi faoliyati yuqori baholandi



O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo'yicha milliy komissiya rahbari raisi Tanzila Narbayevaning Britaniya bosh vazirining majburiy mehnatga barham berish bo'yicha maxsus vakili Jastin Bedford bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Uchrashuvda ijtimoiy mehnat munosabatlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

Britaniya tomoniga mamlakatimizda ijtimoiy sohalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada qator ijtimoiy huquqlar belgilangani, majburiy mehnat va bolalar mehnatining har qanday ko'rinishi taqiqlangani, qulay mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladigan Mehnat kodeksining yangi tahriri haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

 

Muloqot davomida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida o'zaro tajriba almashish, mazkur yo'nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, zamonaviy qullikka qarshi kurash borasida hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan fikr almashildi.

 

Muzokaralar davomida Jastin Bedford 2023-yil oxirida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo'yicha milliy komissiya sifatida qayta tashkil etilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining faoliyatini yuqori baholadi.

 

Tomonlar mehnat munosabatlari sohasida yangi qo'shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish, ilg'or texnologiyalardan foydalanish va sohaga innovatsion uslublarni joriy etish yo'nalishlarida hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib oldilar.