Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston Senati raisi London shahrida Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri bilan muzokaralar o'tkazdi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston Senati raisi London shahrida Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri bilan muzokaralar o'tkazdi



O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Londonga tashrifi davomida Buyuk Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri Lindsli Xoyl bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muzokaralar chog'ida O'zbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlarining keng doirasi, xususan, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, mehnat munosabatlari, gender tenglik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda mamlakatlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan qo'shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.