Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston Senati raisi London shahrida Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri bilan muzokaralar o'tkazdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston Senati raisi London shahrida Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri bilan muzokaralar o'tkazdi



O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Londonga tashrifi davomida Buyuk Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri Lindsli Xoyl bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muzokaralar chog'ida O'zbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlarining keng doirasi, xususan, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, mehnat munosabatlari, gender tenglik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda mamlakatlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan qo'shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.