Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
London shahrida O'zbekistonning halol mahsulotlarini ommalashtirish hamda ziyorat turizmi manzillarini targ'ib qilish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

London shahrida O'zbekistonning halol mahsulotlarini ommalashtirish hamda ziyorat turizmi manzillarini targ'ib qilish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi



O'zbekiston elchixonasida British Islamic Trade Association tashkilotining ijrochi direktori Eman Mustafa bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 

Suhbat davomida Eman Mustafa British Islamic Trade Association tomonidan tashkil etiladigan yirik ko'rgazmalarda O'zbekiston kompaniyalarining (halol mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda sayyohlik) ham ishtirokini ta’minlash ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga ijobiy ta’sir etishi haqida ta’kidlab o'tdi.

 

Shuningdek, mamlakatimizda keyingi yillarda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan ziyorat turizmi uchun sayyohlarga yaratilgan shart-sharoitlar, mehmonxonalar, halol brendi restoranlari, Samarqand boqiy shahar majmuasi hamda xalq hunarmandchiligi namunalari namoyish etildi.

 

Uchrashuv yakunida Buyuk Britaniya musulmon ommasiga O'zbekiston turizm salohiyatini keng targ'ib qilish, hamkorlikda targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda Britaniyadagi halol turizm festivallarida mamlakatimiz tur kompaniyalari ishtirokini ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.