Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari va YTTB bosh kotibi Londonda bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari va YTTB bosh kotibi Londonda bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar



O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmonov Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bosh kotibi Kazuhiko Koguchi bilan muzokaralar o'tkazdi.

 

Uchrashuv chog'ida O'zbekiston va YTTB o'rtasidagi munosabatlarga yangi sur'at bag'ishlash va o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Tomonlar joriy yilning 1-dekabr kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAda bo'lib o'tayotgan Butunjahon iqlim sammiti doirasida YTTB prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuvi chog'ida erishilgan kelishuvlarni amalda tatbiq etishga alohida e'tibor qaratdilar.

 

Kazuhiko Koguchi YTTB Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik majlisi shu yilning may oyida Samarqand shahrida muvaffaqiyatli o'tganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Bir qator istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni kengaytirish, jumladan, bankning davlat korxonalari va banklarini o'zgartirish hamda xususiylashtirishda faol ishtirok etishi, "yashil" rivojlanish, toza energiya, transport, ayollar va yoshlar tadbirkorligi, shuningdek, ichimlik suvi ta'minoti, raqamlashtirish va boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda bankning O'zbekistonga kiritgan sarmoyalari 3,5 milliard yevrodan oshgan va loyiha portfelining 60 foizi xususiy sektor hissasiga to'g'ri keladi.