Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston va Buyuk Britaniya yadro fizikasi sohasida ikki davlat olimlari o'rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi

O'zbekiston va Buyuk Britaniya yadro fizikasi sohasida ikki davlat olimlari o'rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda



8-dekabr kuni O'zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida TIVning Yevropa mamlakatlari va YI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i Oybek Shaxavdinov Birmingem yadroviy ta'lim va tadqiqotlar markazi direktori Pol Norman bilan uchrashdi.

 

Suhbat chog'ida yadro fizikasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar bu boradagi hamkorlikni kengaytirish uchun ikki davlat ulkan salohiyatga ega ekanligini ta'kidladilar.

 

Britaniya tomoni O'zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va respublikada yadro fizikasi bo'yicha o'tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.