Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston va Buyuk Britaniya ta'lim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilmoqda - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston va Buyuk Britaniya ta'lim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilmoqda



O'zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida 8-dekabr kuni TIVning Yevropa mamlakatlari va YI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i Oybek Shaxavdinov Birmingem universiteti direktori Alisa Chembers bilan uchrashuv o'tkazdi. 

 

Suhbat chog'ida ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar ikki davlat o'rtasida ta'lim sohasidagi aloqalar faol rivojlanayotganini olqishladilar. Xususan, O'zbekistonda bir qator Britaniya universitetlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligi ta'kidlandi.

 

Britaniya tomoni o'tgan davr mobaynida Birmingem universitetini bir qator O'zbekiston fuqarolari muvaffaqiyatli tamomlab, bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida mehnat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Uchrashuv yakunlari bo'yicha Birmingem universiteti va O'zbekistonning tegishli oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish, qo'shma tadbirlar o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.