Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda vatandosh xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Londonda vatandosh xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi



LONDON, 29-yanvar. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasida "Reproduktiv salomatlik" mavzusida vatandosh xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir "To'maris" ayollar birlashmasi va Britaniyada sog'liqni saqlash sohasida 20 yillik tajribaga ega hamyurtimiz Shahnoza Nurullayeva bilan ko'magida uyushtirildi.

 

Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan anjumanda asosiy e'tibor ayollarning tibbiy madaniyatini oshirish, ularni o'z salomatligiga bo'lgan yondashuvini takomillashtirish hamda turli xastaliklarning oldini olish masalalariga qaratildi.

 

Shahnoza Nurullayeva o'z chiqishida ayollarning o'z salomatligiga e'tiborli bo'lishi, vaqtida tibbiy ko'rikdan o'tishi, shuningdek, sog'lom hayot tarzini yuritish muhimligini ta'kidladi.

 

Onalik va bolalikni muhofaza qilish vatandoshlarning salomatlik yuzasidan ehtiyojlari va mavjud muammolari borasida fikrlar almashildi.

 

Ishtirokchilar salomatlikni asrash borasidagi ko'plab savollariga spikerlardan batafsil javob oldilar.