Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda O'zbekiston elchisi iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori bilan qo'shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Londonda O'zbekiston elchisi iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori bilan qo'shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi



LONDON, 29-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori, London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi Iqtisodiyot kafedrasi mudiri professori Kristofer Pissarides bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Kristofer Pissarides 2010-yilda iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotini qo'lga kiritgan. U London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi Iqtisodiyot kafedrasi mudiri sanaladi. Olim Kiprning Milliy iqtisodiy kengashi va Gretsiyaning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bo'yicha qo'mitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Sankt-Peterburg davlat universiteti qoshidagi iqtisodiy rivojlanish laboratoriyasiga rahbarlik qilgan.

 

1895-yilda tashkil etilgan London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi London universitetining bir qismi bo'lib, Oksford va Kembrij universitetlari bilan birgalikda "Oltin uchburchak"ning bir qismi hisoblanadi. Oliy ta'lim muassasasi Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy fanlar sohasidagi eng nufuzli universitetlardan biridir.

 

Suhbat davomida xorijiy tomon Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar va oxirgi yillar davomida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda erishgan yutuqlari bilan batafsil tanishtirildi.

 

Kristofer Pissarides O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli chora-tadbirlarni, shu jumladan ta'lim sohasidagi ijobiy o'zgarishlarni hamda ko'plab yangi ta'lim muassasalarining tashkil etilayotganini yuqori baholadi.

 

Tomonlar ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, hamkorlikda qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

 

Uchrashuv yakunida yuqoridagi masalalar bo'yicha doimiy amaliy muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.