Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniya bozorida O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarga qiziqish tobora ortib bormoqda - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniya bozorida O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarga qiziqish tobora ortib bormoqda



O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Umidjon Safarov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyasi joriy yilning 25-27-mart kunlari Londonda bo'lib o'tgan "Oziq-ovqat tovarlari va ichimliklar" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

"Oziq-ovqat tovarlari va ichimliklar" xalqaro ko'rgazmasi Buyuk Britaniyada 40 yildan buyon o'tkazib kelinadi. Bu yilgi yarmarkada 27 mingdan ziyod tarmoq korxonalari va 1500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

 

Joriy ko'rgazmada "Bonaff" O'zbekiston-Buyuk Britaniya qo'shma korxonasi tomonidan respublikamizda ishlab chiqarilgan quritilgan va muzlatilgan meva-sabzavotlar namoyish etildi. Milliy mahsulotlarimizning tabiiyligi va ular yuqori texnologiyalardan foydalangan holda qadoqlangani britaniyalik importyorlar tomonidan yuqori baholandi.

 

Tadbir doirasida O'zbekistonning "Golden Dried Fruits" korxonasi vakillari Britaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan mamlakatimizda yetishtirilgan ho'l mevalarni eksport qilish bo'yicha muzokara o'tkazdilar. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan "Nukus Dilisha" kompaniyasi ham Britaniyaning qator kompaniyalari bilan dukkakli mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha uchrashuvlar o'tkazdi.

 

Ko'rgazma davomida Buyuk Britaniya Savdo va biznes vazirligi tomonidan barcha eksportyorlar uchun Britaniya bozoriga eksport qilishning talablari va korxonalar tomonidan qat'iy e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan tartiblarga bag'ishlangan o'quv seminari o'tkazildi.