Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Vatandoshimiz Buyuk Britaniyada BMTning Ayollar maqomi bo'yicha rasmiy delegati etib saylandi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Vatandoshimiz Buyuk Britaniyada BMTning Ayollar maqomi bo'yicha rasmiy delegati etib saylandi



Londonda yashovchi vatandoshmiz Kamila Erkaboyeva BMTning Ayollar maqomi bo'yicha komissiyasining 68-sessiyasiga (CSW68) Buyuk Britaniyaning «UN Women UK» tashkilotidan rasmiy delegat etib saylandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Bu yilgi sessiya «Xotin-qizlarga sarmoya kiritish – taraqqiyotni tezlashtirish» mavzusida bo'lib o'tadi.

 

CSW68 sessiyasi gender tengligini tezlashtirish va kambag'allikka qarshi kurash, ijtimoiy himoya tizimi, davlat xizmatlaridan foydalanish va gender tengligi uchun barqaror infratuzilma singari asosiy jihatlarni qamrab oladi.

 

Ushbu platforma mavjud muammolarni hal qilish bo'yicha real harakatlar rejalarini ishlab chiqish uchun ayollarning jahon hamjamiyatidagi rolini kuchaytirish uchun tashkil etilgan.

 

Hamyurtimiz ushbu muhim forumda butun dunyo xotin-qizlari manfaatlari va pozitsiyalarini ifodalash maqsadida ishtirok etadi.

 

Tadbir xotin-qizlarning zamonaviy jamiyatdagi mavqeini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun teng huquq ham imkoniyatlarni ta'minlash yo'lidagi muhim qadam bo'ladi.