Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyadagi faol vatandoshlar «Buxoro — yashil shahar» loyihasida ishtirok etadi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniyadagi faol vatandoshlar «Buxoro — yashil shahar» loyihasida ishtirok etadi



O'zbekiston elchixonasi ko'magida Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlar va Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Jalol Arashov hamda mamlakatimizdagi Landshaft san'ati uyushmasi vakillari o'rtasida «Buxoro — yashil shahar» loyihasi ijrosiga bag'ishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

Uchrashuv O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan «Yashil makon» milliy dasturi va davlatimiz rahbari raisligida 29-yanvar bo'lib o'tgan videokonferensiyada belgilab berilgan ekologiya sohasidagi ustuvor vazifalarga oid topshiriqlar ijrosi doirasida bo'lib o'tdi.

 

Loyiha ko'plab daraxtlar va "yashil" maydonlarga ega shahar xiyobonlarini yaratishni o'z ichiga oladi. Loyiha koordinatorlari o'zbek diasporasi faollari hisoblanadi. Ushbu loyihani hayotga tatbiq etishda O'zbekiston Landshaft san'ati uyushmasi bevosita ishtirok etadi.

 

Ushbu bosqichda jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablag'lari hisobidan yig'ilgan, shuningdek, YTTBning maxsus jamg'armasi mablag'larini jalb qilgan holda (jami 100 ming dollar yig'ilgan) yig'ilgan 10 ming dollarga teng ko'chat ekish rejalashtirilgan. E'tiborlisi, loyiha maxsus ko'chatxonalarda yetishtirilgan, ildiz tizimi rivojlangan yirik daraxtlarni ekishni nazarda tutadi, bu ularning qurib qolish xavfini kamaytiradi.

 

Yurtdoshlarimizning aytishicha, «Buxoro — yashil shahar» loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, O'zbekistonning boshqa hududlarida ham xuddi shunday ekologik bog'lar tashkil etish tashabbusi ilgari suriladi.

 

Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari ushbu tashabbusni har tomonlama qo'llab-quvvatlab, uni amalga oshirishda barcha zarur ko'mak ko'rsatilishini bildirdi. Shuningdek, vatandoshlarimizning Buxoro shahridagi «Sayfiddin Baxorzi» masjidi yonidagi hududga ko'chat ekish va bu yumushlarni joriy fevral oyi o'rtalarida boshlash haqidagi takliflari ham ma'qullandi.