
Janubiy London Savdo-sanoat palatasi ijrochi direktori Jerri Makdonax "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga buyurgan davlat tashrifi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
– Tashrif, shubhasiz, ikki buyuk davlat o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi tarixiy muhim voqeadir. Ushbu uchrashuv uzoq muddatli madaniy, diplomatik va iqtisodiy aloqalarni ifodalaydi. Bunda o'zbek va xitoy xalqlari nafaqat tovar va xizmatlar, balki o'z madaniy boyliklarni ham almashadilar.
Qadimiy davrlardan beri O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi munosabatlar yaqin bo'lib, bu hamkorlikning bugungi bosqichi ikki davlat rivojiga salmoqli hissa qo'shmoqda. Bir paytlar madaniy almashinuv yo'li bo'lgan Ipak yo'li bugungi kunda ikki xalq o'rtasidagi iqtisodiy, madaniy-gumanitar ko'prikka aylanib bormoqda.
Mamlakatlar rahbarlari o'rtasida ishonchli va do'stona munosabatlar o'rnatilgan bo'lib, bu o'zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashda muhim o'rin tutadi. So'nggi yillarda amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar ularning rivojlanishiga kuchli turtki berdi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xitoy O'zbekistonning eng yirik savdo va sarmoyaviy sherigiga aylanib, har ikki davlat iqtisodiyoti rivojlanishi uchun yangi istiqbollarni ochmoqda. "Angren-Pop" temir yo'l tunneli va Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvurlari qurilishi kabi loyihalar keng ko'lamli integratsiyaga intilishdan dalolat beradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024 yilda Xitoyga davlat tashrifi munosabatlar tarixida muhim qadam bo'ldi. Bu nafaqat diplomatiya va iqtisod sohasidagi yutuqlarni mustahkamlaydi, balki har ikki davlat va ularning fuqarolari manfaatiga qaratilgan hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochadi. Ishonchim komilki, bu muvaffaqiyatli va o'zaro manfaatli hamkorlikning yangi davriga zamin yaratuvchi tashrif bo'ladi.